G’azo: 1,5 millionlik qamoqxona
Isroil 2006 yilning fevralida Falastin saylovlarining ertası kuni, G’azoga nisbatan siyosiy va iqtisodi sanksiyalar joriy etishni boshladi. 2007 yildan e’tiboran bu sanksiyalar yana ham kuchaytirildi. G’azo havodan, quruqlikdan ve dengizdan blokada ostiga olindi. Inson va tijorat mollarini kirishi va chiqish umuman cheklandi. Isroilning 2008 yil dekabrdan 2009 yil Yanvar oyida ya’ni 22 kun faol davom etgan urush oqibatida hujumga uchragan G’azoning sanoat va tijorat binolari, masjid, suv va oqava tarmoqlari va barcha ekin maydonlari istiqomat binolari yo’q qilindi. Hozirgi kunda G’azoda 1,5 million Falastinlik inson ochiq havo qamoqxonasida yashash uchun mujodala qilishmoqda. G’azo xalqining 72%i och holda yashamoqda, bularning 65 %i yosh bolalar. Bolalarning 10%i jismonan rivojlanmayapti. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu vaziyatni “chidab bo’lmas” deb ta’rif bergan.


Dunyoning vijdoni bu flotta uchrashdi
2010 yil May oyida 6 Xalqaro No Davlat Tashkilotlari – Inson Haq va Ozodliklari Insonparvarlik Xayriya Jamg’armasi (IHH Insaniy Yardım Vakfi), Free Gaza Movement, European Campaign to End the Siege on Gaza, Ship to Gaza Greece, Ship to Gaza Sweden ve The International Committee to Lift the Siege on Gaza- yig’ilgan 6000 tonnalik insonparvarlik yordamlarni G’azoga yetkazish uchun yordam floti tashkillashtirdi. Flot insonparvarlik yuki bilan barobar 750 faollarni tashimoqda edi. Germaniya, Quvayit, Isroil, Irlandiya, Shvetsiya, Gretsiya, Janubiy Kipr, Marokash, Yaman, Misr va Jazoyir kabi 37 davlattan kelgan faollar orasida 15 dan ortiq deputatlar, 60dan ko’proq xalqaro matbuot mansublari va san’atchilar hamda Nobel Tinchlik Mukofotini olgan faollar ham bu kemada bor edi.


Isroil fuqoralarni o’qqa tutdi
30-Mayda 6 kema-Defne,Gazze I, Eleftheri Mesogios, Sfendoni, Challenger 1 ve Mavi Marmara- Kipr ochiqlarida uchrashdi. 31-Mayda tong vaqtlarida G’azoga ketayotgan flotnning atrofini Isroil armiyasiga oid 4 urush kemasi, 3 Vertalyot, 2 suv osti kemasi va 30 zodiak lodkalari bilan qurshab oldi. Tong vaqti 4:32 da, G’azo sohillarining 73 mil uzoqligida xalqaro suvlarda, butunlay qurollangan Isroil mahsus kuchlari flotning admiral kemasi Movi Marmaraga hujum qildi; mahsus kuchlar plastik va xaqiqiy o’qlar bilan qurolsiz fuqarolarni nishonga oldi. 8 Turk va 1 Amerika  fuqarosi bo’lgan qurolsiz insonparvarlik faollari otib o’ldirildi, 56 kishini og’ir jarohatladi. Kemadan dunyoga to’gridan to’g’ri uzatilgan jonli efirni uzdi faqat Isroil armiyasining ilk boshda farqlay olmagan ikkinchi banttan jonli efir davom etdi va butun dunyo Isroilning vaxshiyona hujumiga guvoh bo’ldi.


Faollarning hamasi ochiq palubaga olib chiqildi, qo’llari bog’landi; suv va oziq-ovqat berilmadi, xojatxonaga borishlariga ruxsat berilmadi, shaxsiya ashyolari olib qo’yildi.750 faolni roziligisiz qo’lga olishiga qaramasdan, Isroilga ruxsatsiz kirganliklari uchun qamoq olindi. Kemalarni Tel-Aviv yaqinlaridagi Ashdod portiga olib kelindi. Faollar birma bir polislar hamkorligida qo’llar kishanli holda kemadan tushirildi. Ayni vaqtda butun yo’lovchilar usti yechintirilib ko’p marta tintuv qildilar. Barchasini qattiq xavfsizlik nazoratida, rasmlari va barmoq izini oldi, ko’z qaydlari qilindi va tergovga olindi, keyin barcha faollar Beer-Sheva Qamoqxonasiga olib ketildi.  Hech qaysiga bir birlari bilan gaplashishlariga yoki tashqariga telefon qilishiga ruxsat berilmadi.


Faollarni diplomatik aloqlarning va xalqaro jamiyatning bosimi bilan 2 kundan keyin qo’yib yubordilar.


31-May kechasi Movi Marmara’da bo’lib utganlar Falastindagi xodisalarning xulosasi kabi edi. Psixologik va jismonan shiddatga uchramoq, majburiy qo’lga olinmoq, olib qochilmoq, qamoqqa olinmoq, yaralanmoq, och holda tashlanmoq, hech kimdan xabar ola olmamoq, hech kimga xabar bera olmamoq, o’ldirilmoq…


Falastindan insonlar 63 yildir shunday yashashmoqda.